1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda tabiatga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Maʼlum bo‘lishicha, Qizil kitobga kiritilgan 2,6 ming tup o‘simlik payhon qilingan.

Samarqandda tabiatga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘iga bir necha nomaʼlum shaxs bolalar dam olish oromgohi orqali noqonuniy tarzda kirib, maxsus texnikalar yordamida qazish ishlarini amalga oshirgan.

 

Ular milliy tabiat bog‘iga tegishli bo‘lgan maydonda Taxtiqoracha dovoni bilan bog‘lovchi yo‘l hosil qilganligi maʼlum bo‘ldi. Buning oqibatida yo‘lda mavjud bo‘lgan jami 64 tup daraxt va butalar hamda Qizil kitobga kiritilgan 12 turdagi 2,6 ming tup o‘simliklar payhon qilinib, tabiatga 1 mlrd 115 mln so‘m zarar yetkazilgan.

 

Ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика