Samarqand viloyatining Urgut tumanida 2 ta yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida viloyat IIB YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 12 avgust kuni soat 10:20 lar atrofida Urgut tumani “Mergancha“ mahallasi yo‘lida sodir bo‘lgan. Unda “MAZ“ rusumli yuk avtomobili haydovchisi “MAN“ rusumli yuk avtomashinaning orqasidan urib yo‘l transport hodisasini sodir etgan.
YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan Urgut tumani IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


