1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi pora bilan ushlandi

Hozirda unga 2 ta modda bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi pora bilan ushlandi

Samarqand viloyatida Agroinspeksiya xodimi pora bilan ushlanib, qamoqqa olindi. Bu haqida DXX Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyati boshqarmasining yetakchi mutaxassisi Samarqand tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalikda o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida xo‘jalikning 50 sotix yer maydonini ijaraga olib foydalanayotgan fuqaro tomonidan yerning unumdorligiga zarar yetkazilganligi aniqlanib, unga nisbatan chora ko‘rmaslik evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilib, muqaddam 500 AQSH dollari olgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yetakchi mutaxassis qolgan 2500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика