1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.

Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi

 

Maʼlum qilinishicha, YTH 2024 yil 13 iyul kuni soat 13:00 larda Kattaqo‘rg‘on tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-48 "Zarafshon Trakt" avtomobil yo‘lining 94-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi Isuzu avtobusini "Payshanba — Kattaqo‘rg‘on shahar" yo‘nalishida boshqarib borayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

 

Buning oqibatda piyoda tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

 

Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Samarqandda Damas yo‘l chetidagi 2 nafar piyodani urib ketgani xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика