Ijro hujjatiga muvofiq, qarzdor “Samarqand tuman yo‘llardan foydalanish” AJdan undiruvchi Samarqand tuman Elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga 446 474 808 so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan “Kamaz” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilishi taʼminlandi.
Qayd etilishicha, belgilangan muddatda qarzdorlik ixtiyoriy ravishda qoplanmagan taqdirda, xatlangan avtotransport vositasi auksion savdolari orqali sotilib, tushgan mablag‘lar qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.


