1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Samarqandda yer talashgan yigit pichoqlandi

Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi erkak yer talashib yosh yigitni pichoqlab, o‘ldirdi. Bu haqda “Bu kun” ko‘rsatuvida xabar qilindi.

Samarqandda yer talashgan yigit pichoqlandi

 

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, marhum K.O. bog‘dorchilik qilish uchun fermer xo‘jaligidan 40 sotix yer olgan va unga kerakli bo‘lgan barcha hujjatlarni rasmiylashtirgan. Ammo uning qo‘shnisi yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, "o‘zimniki", deb daʼvo qilgan.

 

 Mahalla faollari ularning janjaliga 2–3 marta aralashib, joyiga borib o‘rgangan. K.O. mahalla raisidan ruxsat olgach, yerga ekish uchun ko‘chatlar tayyorlagan. Ammo qo‘shnisi yer maydoniga kelsa, uni o‘ldirishini aytib, po‘pisa qilgan. Shundan so‘ng u yigitga pichoq sanchib o‘ldirgan.

 

Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida ko‘rilgan. Unda yigit sud tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “j” bandi bilan aybli, deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

 

 Eslatib o‘tamiz, bundan avval Qashqadaryoda uy talashgan otaxon nabirasini pichoqlab qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика