1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidentini 60 yoshli yubileyi bilan tabrikladi

Yetakchilar O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidentini 60 yoshli yubileyi bilan tabrikladi

 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 dekabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Bu haqda prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Davlat rahbari Ilhom Aliyevni 60 yillik yubileyi bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, birodar Ozarbayjon xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

 

 

Savdo-iqtisodiy aloqalar ijobiy surʼat bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi: o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari barqaror oshib bormoqda, yetakchi korxonalar kooperatsiyasi kengaymoqda.

 

Shu oyda Baku shahrida sanoat ko‘rgazmasi va ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

 

Ikki tomonlama madaniy-gumanitar dastur doirasida faol almashinuvlar davom etmoqda.

 

Davlat rahbarlari ustuvor tarmoq va yo‘nalishlarda, shu jumladan mashinasozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida amaliy hamkorlik bo‘yicha loyihalarni jadal ilgari surish muhim ekanini qayd etdilar.

 

Mintaqaviy siyosat hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Fumio Kisidaga uning mamlakat Bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘llagani hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklagani haqida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика