1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni tabrikladi

Qutlov XXR tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan amalga oshirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni tabrikladi

 


Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan XXR Raisi Si Szinpinga tabrik yo‘llab, unga va do‘st Xitoy xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 


Maktubda dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda tobora mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlangan.

 


Yaqinda O‘zbekiston Respublikasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan sermahsul uchrashuvlar mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining yangi darajasiga ko‘targani qayd etilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика