1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sherzodxon Qudratxo‘jani kamsitgan bloger sud qilindi

Sud yigitni 18 mln jarimaga tortgan. Lekin O‘zJOKU rektori huquqbuzardan 500 mln tovon puli undirmoqchi.

Sherzodxon Qudratxo‘jani kamsitgan bloger sud qilindi

Kecha, 12 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja haqida yolg‘on axborot tarqatgan yigitning ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqida Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.

 

Sud qarori bilan Xakimov Aziz Adxamovich O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 202-2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni (Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish) sodir etgan deb topilgan va unga shu moddaga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) baravari miqdorida, yaʼni 18.750.000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

 

Sherzodxon Qudratxo‘ja mazkur ishni jinoiy toifaga o‘zgartirishni, sudlanuvchidan esa 500 million so‘m tovon puli talab qilish niyatida ekanini qo‘shimcha qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика