Shimoliy Koreyada politsiya “individualizm targ‘iboti” tufayli go‘zallik salonlarini ommaviy ravishda yopishni boshladi, deb yozadi Daily NK.
Qayd etilishicha, KXDR rasmiylari xususiy sartaroshlar bilan kurasha boshlagan. Ular individualizm va "antisotsialistik xatti-harakatlar" ni targ'ib qiluvchi noqonuniy pul ishlab topuvchilar deb atalgan.
Rasmiylarning aytishicha, xususiy sartaroshxonalar soliq to‘lamaydi va yoshlar orasida ularga talab katta, chunki ular ruxsat etilgan soch turmagi ro‘yxatiga qaramay, xohlagan turmakni tanlash imkoniyatini beradi.
Qayd etilishicha, bunday muassasalar egalariga 100 000 von jarima solinishi va ular jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Hukumat mamlakatda faqat davlatga qarashli go'zallik salonlarini qoldirishga harakat qilmoqda.


