1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in chiqdi

Holat bo‘yicha FVB maʼlumot berdi.

Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in chiqdi

Bugun, 19 avgust kuni Toshkent shahrining OImazor tumanida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in yuz berdi. Bu haqida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 11:11 da Olmazor tumani Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosining tom qismida izolyatsiya qoplamalarini yotqazish ishlari olib borilishida texnologik jarayonni buzilishi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

 

Yong‘in soat 11:32 da o‘rab olinib, soat 11:34 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida 19 kv.M binoni tom qismidagi maydonda izolyatsiya mahsuloti yonib zararlangan.

 

“Yong‘in oqibatida fuqarolar jabr ko‘rmagan va binoning ichki qismi shikastlanmagan. Binoda nodir eksponatlar saqlanmagan”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика