1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda daraxt kesganlar ozodlikdan mahrum qilindi

Ular tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazishgan.

Sirdaryoda daraxt kesganlar ozodlikdan mahrum qilindi

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida daraxtlarni noqonuniy kesgan va sotgan 3 kishiga hukm o‘qildi.

 

“B.X.” fermer xo‘jaligi rahbari M.A. ikki tanishi bilan 2023 yilning dekabr va 2024 yilning yanvar oylarida o‘ziga qarashli bo‘lgan dala maydoni chetida ko‘karib turgan jami 21 tup qayrag‘och daraxtini qonunga xilof ravishda kesgan va sotib yuborgan. Buning oqibatida tabiatga 1 milliard 459 million 144 ming so‘m zarar yetkazilgan.

 

Sud qarori bilan 3 kishiga mazkur zararning undirilishi belgilandi. Shuningdek, har bir sudlanuvchiga 2 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика