1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda shifoxonalarga soxta yo‘llanma sotgan shaxs qo'lga olindi

Fuqaro 1,5–2 million so‘m evaziga imtiyozli yo‘llanma tayyorlab berishni muntazam taklif qilib kelgan.

Toshkentda shifoxonalarga soxta yo‘llanma sotgan shaxs qo'lga olindi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi korrupsiya holatlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi. Soha vakillarining qayd etishicha, korrupsiya nafaqat jamiyatni izdan chiqaradi, balki taraqqiyotga ham katta to‘siq bo‘ladi. Shu sababli tizimda yangi vertikal nazorat mexanizmlari joriy qilinib, ochiq va shaffof muhit yaratilmoqda.

 

Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi noqonuniy harakatlarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda muntazam reyd va tadbirlar o‘tkazib kelmoqda.

 

Mazkur choralar doirasida Toshkent shahrida faoliyat yuritgan fuqarolardan biri — G.M. ismli shaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali har qanday shifoxonaga imtiyozli yo‘llanma tayyorlab berishni muntazam taklif qilib kelgani aniqlangan. U 1,5–2 million so‘m evaziga ushbu xizmatni ko‘rsatgan. 12-avgust kuni o‘tkazilgan maxsus nazorat tadbirida u, uning sheriklari hamda bir nechta tibbiyot xodimlari qo‘lga olindi.

 

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tegishli hujjatlar o‘rganilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика