1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Suriya prezidenti Vashingtonga rasmiy tashrif bilan keldi

Ahmad ash-Shara Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashishi kutilmoqda.

Suriya prezidenti Vashingtonga rasmiy tashrif bilan keldi

Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara AQSh poytaxti Vashingtonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda SANA davlat axborot agentligi ma’lum qildi. Tashrif 1946 yilda Suriya mustaqillikka erishganidan buyon mamlakat yetakchisining AQShga ilk bor rasmiy tashrif buyurishi sifatida tarixga kiradi.

 

Ma’lum qilinishicha, Ahmad ash-Shara 10 noyabr kuni Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazadi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar, xavfsizlik masalalari va terrorchilik guruhlariga qarshi kurashda hamkorlik muhokama qilinishi kutilmoqda.

 

Avvalroq, 7 noyabr kuni AQSh ma’muriyati Ahmad ash-Sharaga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilgan edi. Shundan bir kun avval BMT Xavfsizlik Kengashi ham Suriya prezidenti bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashga kelishib olgan. Tahlilchilarga ko‘ra, bu qadam Damashq-Washington munosabatlarining iliqlashayotganidan dalolat beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика