1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda 15 yoshli qiz turmushga berildi

Rasmiy ogohlantirishlarga qaramay, joriy yilning 10-avgust kuni to‘y o‘tkazilgan.

Surxondaryoda 15 yoshli qiz turmushga berildi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida voyaga yetmagan qizning turmushga chiqarilgani holati aniqlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

 

Ma'lum qilinishicha, 2025-yil iyul oyida mahalla rahbari va ijtimoiy soha mutasaddilari 15 yoshli qizning ota-onasi to‘y o‘tkazishga hozirlik ko‘rayotgani haqida xabar topgan. Tekshiruv o‘tkazilib, ota-onalarga bunday amaliyotning noqonuniy ekani va voyaga yetmagan shaxslarni turmushga berish taqiqlanishi yuzasidan rasmiy ogohlantirish berilgan.

 

Shunga qaramay, 2025-yil 10-avgust kuni to‘y marosimi o‘tkazilgan. Natijada marosimni tashkil etgan shaxslarga qonunchilikka muvofiq jarima qo‘llanildi.

 

Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan. Ayrim istisno hollarda, sud qarori bilan uni bir yilga kamaytirish mumkin. Biroq 15 yoshda turmush qurish mutlaqo man etiladi va bolalarning huquqlarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarning huquqlarini ta’minlash, ularni zo‘ravonlik va majburiy nikoh holatlaridan himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini ta’kidladi. Agentlik bunday noqonuniy amaliyotlarga qat’iy qarshi chora ko‘rilishini, mahalliy organlar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tizimli profilaktika ishlari davom ettirilishini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика