1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda ham “zapravka” portladi

Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida maʼlumot yo‘q.

Surxondaryoda ham “zapravka” portladi

Surxondaryo viloyatida gaz quyish shoxobchasida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, bugun, 13 avgust soat 12:58 da Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, “Oqqo‘rg‘on” MFY Jarqishloq hududida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida yoqilg‘i tashuvchi avtotsisternadan yoqilg‘i saqlash rezervuariga yoqilg‘i quyish vaqtida texnologik jarayon buzilishi natijasida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

 

Shunga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:07 da hodisa joyiga yetib borib, soat 13:08 da yong‘inni qurshab olgan va soat 13:16 da butunlay o‘chirgan.

 

Hozirda chaqnash sabablari va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.

 

Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari yetib borgan.

 

FVV jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida maʼlumot taqdim etmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, sal avval Qashqadaryodagi ikkita “zapravka”da portlash sodir bo‘lgan. Bir necha kun avval esa Samarqanddagi “zapravka”da uchta mashina yonib ketgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика