Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, Denov tumanda yashovchi E.Sulton (ism sharif o‘zgartirilgan) 2021 yilning yanvar oyidan boshlab uyida viloyatning boshqa tumanlarida istiqomat qiluvchi maktab yoshidagi voyaga yetmagan bolalarga diniy adabiyotlardan noqonuniy diniy taʼlim berib kelayotganligi aniqlanib, adabiyotlar xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.
Holat yuzasidan xujjatlar Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risdagi kodeksning 241-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Joriy yil 10 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi tomonidan E.Sultonning oilaviy sharoitini hisobga olib, eng kam oylik ish haqqining 10 (o‘n) barobari yaʼni 2 million 700 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda xonadonida hujra tashkil etgan ona-bola aniqlangani hamda Toshkentda voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy taʼlim bergan yigit 15 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi.


