Navoiy viloyati Navoiy shahrida 20-fevral kuni mast holda kelib chiqqan janjalda erkak tanishini o‘ldirdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 23:00 atrofida shaharning “Yagondaya” ko‘chasida yashovchi S.D. (57 yoshli) o‘z uyida tanishi S.M. (42 yoshli) bilan birga spirtli ichimlik isteʼmol qilishi natijasida o‘rtalarida janjal kelib chiqqan. Ular bir-birining turli qismlariga qo‘l va oyoqlari bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda S.M. hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan S.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish maqsadida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha S.D. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Maʼlumot uchun: bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ji
zzaxda mahkum tanishini pichoqlab, o‘z joniga qasd qilgani hamda Navoiyda mast fuqaro tanishini pichoqlab o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.


