1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tailandda havo ifloslanishi tufayli 352 ta maktab yopildi

Aholiga shaxsiy transportdan foydalanmaslik tavsiya qilindi.

Tailandda havo ifloslanishi tufayli 352 ta maktab yopildi

Bangkokda kuchli havo ifloslanishi tufayli shahar hokimiyati buyrug‘iga binoan 31 tumandagi 352 ta maktab yopildi.

 

Bundan bir kun oldin ham shahar bo‘ylab 250 dan ortiq maktablar faoliyati to‘xtatilgan edi. Bangkokdagi jami maktablar soni 437 tani tashkil etadi.

 

Shahar 50 tumanining 48 tasida sog‘lik uchun xavfli darajadagi qizil ogohlantirish eʼlon qilindi. Aholiga shaxsiy transportdan foydalanmaslik va imkon qadar masofadan ishlash tavsiya qilinmoqda.

 

Havo ifloslanishi Taylandda mavsumiy hodisa bo‘lib, sovuq va turg‘un qishki havo o‘rim-yig‘im qoldiqlarini yoqishdan chiqqan tutun va avtomobil gazlari bilan aralashganda yuzaga keladi deyiladi

 

Shveytsariyaning IQAir tadqiqot kompaniyasining so‘nggi maʼlumotlariga ko‘ra, Bangkok dunyoda havo ifloslanishi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi.

 

Komila Odilova tayyorladi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика