Тергов изоляторида бўлган банк ходими ўз жонига қасд қилди
У соғлигидан шикоят қилмагани айтилмоқда.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning 30 aprelidan buyon juda katta miqdordagi korrupsiyada ayblanib, hibsda saqlanayotgan A.B.R. sanitar blokda yana uchta ayblanuvchi bilan (ular ikkita kamerada, har biri ikki kishidan) bo‘lgan.
"Kameralar eshiklari doimo ochiq edi, chunki hammomlar umumiy bo‘lib, kameralar yo‘laklari alohida panjara bilan to‘sib qo‘yilgan. A. B. R. o‘z joniga qasd qilish paytida, qolgan ayblanuvchilar boshqa kamerada namoz o‘qigan va ularning oldini olish imkoni bo‘lmagan", — deyiladi MXDQ bayonotida.
Qo‘mitaning bildirishicha, “Ayil Bank” rahbarining sobiq o‘rinbosari o‘zining sog‘lig‘i va qamoqda saqlash sharoitidan shikoyat qilmagan va o‘z joniga qasd qilishga moyil emas.
Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.







