1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent aeroportida ayollarni Hindistonga fohishalik qilish uchun jo'natayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Ular moliyaviy qiyinchilikka uchragan ayollarni topib fohishalikni taklif etishgan.

Toshkent aeroportida ayollarni Hindistonga fohishalik qilish uchun jo'natayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent xalqaro aeroportida odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

 

Samarqand viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 41 va 31 yoshli ikki nafar viloyat fuqarosi moddiy qiyinchilikka duch kelgan ayollarni izlab topib, ularga Hindistonda fohishalik bilan shug‘ullanishni taklif qilgan.

 

Ular 23 va 25 yoshli ikki ayolni jo‘natish orqali daromad olishni rejalashtirgan. Rejaga ko‘ra, mazkur ayollar Hindistonga yetib borgach, ularni jinoyatga aloqador boshqa shaxslar kutib olishi kerak edi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida gumondorlar Toshkent aeroportida qo‘lga olingan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining “Odam savdosi”ga oid moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, tergov jarayoni davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика