1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent metrosida bir kishi sabab vagondagi hamma yo'lovchi tushirildi

16-dekabr kuni metroning “Mustaqillik maydoni” bekatidan “Paxtakor” bekati tomon harakatlanayotgan poyezdda kutilmagan holat yuzaga keldi.

Toshkent metrosida bir kishi sabab vagondagi hamma yo'lovchi tushirildi

“Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 16-dekabr kuni soat 16:23 da “Mustaqillik maydoni” bekatidan “Paxtakor” bekati tomon harakatlanishi belgilangan 16-sonli poyezd tarkibida nosozlik yuzaga kelgan.

 

Yo‘lovchilarni qabul qilish jarayonida, vagon eshiklari yopilayotgan paytda yo‘lovchilardan biri vagonga kirish maqsadida eshikni majburan ochishga uringan. Natijada eshikni himoyalovchi mexanizm ishdan chiqqan.

 

Mashinist tomonidan nosozlik dastlab bartaraf etilgan bo‘lsa-da, muammo keyingi bekatga yetmasdan yana takrorlangan. Shundan so‘ng, amaldagi yo‘riqnomaga muvofiq, yo‘lovchilar bekatga tushirilgan va harakat tarkibi elektrodepoga olib ketilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика