Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida 2022-yilning 1-iyun sanasidan boshlab Toshkent metrosida vestibyullarning ish vaqti uzaytiriladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etishilicha, “Hamid Olimjon”, “Pushkin”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Oybek”, “Beruniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Novza”, “Toshkent”, “Kosmonavtlar”, “Chorsu”, “Tinchlik”, “Turkiston”, “Shahriston”, “Bodomzor” hamda “Minor” metro bekatlarining 2-vestibyuli (kirish va chiqish qismi) tonggi soat 05:00 dan kech soat 00:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Yo‘lovchilarning ma'lum qilishicha, “O‘zbekiston” metro yo‘nalishining “Toshkent” bekatida 2-vestibyul bugundan boshlab yangi tartibda ishlamoqda. Zamon.uz manbalari bugun, 31-may kuni soat 20.30 atrofida ushbu bekatda vestibyul faoliyati davom ettirilayotganiga guvoh bo‘lganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar bekatlarning 2-vestibyuli (kirish va chiqish qismi) qadar tonggi soat 07:00 dan 19:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatgan.