1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent shahar hokimi hokimlik xarajatlari uchun salkam 7,5 milliard so‘m ajratdi

Poytaxt hokimi “Mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Toshkent shahar hokimi hokimlik xarajatlari uchun salkam 7,5 milliard so‘m ajratdi

Hujjatga ko‘ra, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko‘chasi 51-uy manzilida joylashgan Toshkent shahar hokimligi maʼmuriy binosini saqlash hamda 2024 yil uchun kommunal, internet va boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida Toshkent shahar mahalliy byudjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 7 349 756,4 ming (yetti milliard uch yuz qirq to‘qqiz million yetti yuz ellik olti ming to‘rt yuz) so‘m mablag‘ Toshkent shahar hokimligiga ajratiladi.

 

Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi 2024 yil Toshkent shahar mahalliy byudjetiga tegishli o‘zgartirish kiritadi.

 

Toshkent shahar hokimligi buxgalteriyasi, Toshkent shahar hokimligi Ishlar boshqarmasi ajratilgan mablag‘larni o‘rnatilgan tartibda maqsadli sarflanishini taʼminlaydi va xarid qilingan tovar moddiy boyliklaridan kelgusida samarali foydalanish choralarini ko‘radi.

 

Toshkent shahri G‘aznachilik xizmati boshqarmasi ajratilgan mablag‘ni o‘rnatilgan tartibda moliyalashtirish choralarini ko‘radi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligining Toshkent shahar Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi ajratilgan mablag‘ning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatadi.

 

Smetaga ko‘ra, xizmat avtomobillariga yonilg‘i quyish uchun 690 million so‘m, ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun 150 million so‘m, majlis zallari uchun gilam xarid qilishga 100 million so‘m, maxsus VIP uchun mebellar jamlanmasiga 150 million so‘m, liftlarga xizmat ko‘rsatishga 62 million so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика