1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent va Surxondaryoda ikki advokat pora bilan qo‘lga tushdi

O‘tkazilgan tezkor tadbirlarda biri 3700 dollar, ikkinchisi 60 million so‘m olayotgan paytda ushlangan.

Toshkent va Surxondaryoda ikki advokat pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati Toshkent viloyati Piskent tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro­ga nisbatan Yashnobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida unga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasi­ni o‘zgartirib berganligini aytib va ishni sud organlarida ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal etib, unga yengillik qilib berish evaziga 3 700 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Advokatlar bilan bog‘liq noqonuniy holat Surxondaryo viloyatida ham qayd etildi.

 

Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Denov tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati noqonuniy ravishda fuqaro­dan 60 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Aniqlanishicha, advokat o‘zining sud tizimidagi tanishlari orqali JIB Denov tuman sudida ko‘rib chiqilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan yengil turdagi jazo tayinlanishida yordam berishni va’da qilgan.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика