1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda 9 oyda mast holda transport boshqargan 1,392 nafar shaxs javobgarlikka tortildi

Jazoga tortilganlarning 15 nafari ayollar, 71 nafari esa 60 yoshdan oshgan fuqarolardir.

Qashqadaryoda 9 oyda mast holda transport boshqargan 1,392 nafar shaxs javobgarlikka tortildi

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida (MJtK) belgilanganidek, transport vositasini alkogol, giyovand moddalar yoki ongga ta’sir etuvchi boshqa moddalarning ta’siri ostida boshqarish jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid soluvchi huquqbuzarlik hisoblanadi. Ushbu turdagi holatlar nafaqat ma’muriy tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi, balki og‘ir jinoyatlarga ham zamin yaratishi mumkin.

 

Mazkur holatlarning yildan-yilga ortib borayotgani sababli qonunchilikda bu toifadagi huquqbuzarliklar uchun jazo choralarini kuchaytirish zarurati paydo bo‘lgan. Shu maqsadda 2025-yil 20-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘RQ-1033-son) muvofiq, MJtKning 131 va 136-moddalariga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.

 

Yangi tahrirga ko‘ra:

 

MJtK 131-moddasi asosida transport vositasini mast holatda boshqargan haydovchi uch yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum etiladi va BHMning 40 baravari miqdorida jarimaga tortiladi;

 

Agar bunday huquqbuzarlikni haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan shaxs sodir etsa, unga BHMning 50 baravari miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi;

 

MJtK 136-moddasiga muvofiq, mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortgan haydovchi uch yil muddatga transport boshqarish huquqidan mahrum qilinadi va BHMning 30 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.

 

Qashqadaryo viloyatida 2024-yilda MJtKning 131-moddasi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar 2023-yilga nisbatan 4 foizga, 136-moddaga oid holatlar esa 14 foizga oshgan.

2024-yil davomida 1 697 nafar haydovchi mast holda transport boshqargani uchun jazolangan bo‘lsa, 2025-yilning to‘qqiz oyi davomida bu ko‘rsatkich 1 392 nafarni tashkil etgan.

 

Shuningdek, tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortganlik uchun 2024-yilda 767 nafar, 2025-yilning to‘qqiz oyida esa 260 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

 

Mast holatda transport boshqargan 1 392 shaxsdan:

 

1 157 nafari jarimaga, shu jumladan 980 nafari haydovchilik huquqidan mahrum etilgan;

 

235 nafari esa ma’muriy qamoq jazosi bilan jazolangan.

 

Ular orasida 15 nafar ayol, 71 nafar 60 yoshdan oshgan shaxs va 148 nafar xorij fuqarosi mavjud.

 

MJtKning 136-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan 260 kishining 225 nafari jarimaga, 35 nafari ma’muriy qamoqqa olingan.

 

Qashqadaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari O‘. Mamadaliev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика