Ekstremistlar Toshkent viloyati Prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda oʼtkazilgan "Xavfsiz hudud" tezkor tadbiri davomida qoʼlga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish boʼyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, yonida tigʼli jism olib yurish, belgilangan karantin va "Pasport-viza" qoidalarini buzish, jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qilish, bezorilik hamda noqonuniy ov quroli saqlash kabi bir nechta holatlar aniqlanib belgilangan tartibda chora koʼrilgan.


