1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida bog‘cha opa yosh bolani kaltakladi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Toshkent viloyatida bog‘cha opa yosh bolani kaltakladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanidagi 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi tomonidan bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lingani aks etgan video tasvirlar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Lavhalarda mashg‘ulot jarayonida yosh bolaga nisbatan kuch ishlatilgani ko‘rinadi.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, voqeaning barcha holatlarini aniqlash va xolisona o‘rganish maqsadida mas’ullardan iborat ishchi guruh tuzilgan.

 

Ayni paytda holat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha va batafsil ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.

 

Eslatib o‘tilishicha, avvalroq Farg‘ona viloyatidagi bog‘chalardan birida tarbiyachining noo‘rin xatti-harakatlari uchun unga nisbatan intizomiy chora — “hayfsan” jazosi qo‘llangan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика