Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Abdulla Qodiriy ko‘chasida BMW avtomobili katta tezlikda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, boshqa mashina bilan to‘qnashgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir nafar qizning vafot etgani, yana bir nechta fuqaro shifoxonaga olib ketilgani aytilgan.
Mazkur xabarlar ortidan Toshkent shahri IIBB voqea bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan, jarohatlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Rasmiylar to‘liq tafsilotlar qo‘shimcha surishtiruvlardan so‘ng e’lon qilinishini ta’kidladi.
Ayni paytda hodisaning sabablari va barcha ishtirokchilarning holati o‘rganilmoqda.


