2025-yil 31-may kuni soat 06:30 atrofida Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Istiqlol ko‘chasi, 1-uy oldida daraxtga osilgan holda 2006-yilda tug‘ilgan, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida yashovchi yigitning jasadi topildi.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda marhum qimor o‘yinlarida katta miqdorda qarzga botgani haqida rasman tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi. Ayni paytgacha bu borada rasmiy izoh berilmagan.


