2025-yil 19-fevral kuni soat 09:15 larda Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Hodisa “Lacetti”, “Malibu”, “Cobalt” va “Lada” rusumli transport vositalari to‘qnashuvi natijasida yuzaga kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Lacetti” haydovchisi harakat davomida uxlab qolgan va natijada oldinda harakatlanayotgan avtomobillar bilan to‘qnashgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


