1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda ATTO kartalardan ortiqcha to‘lovlar yechilyaptimi?

ATTO kompaniyasi metro yo‘lovchilarining kartalaridan ortiqcha yechimlar haqidagi shikoyatlarga izoh berdi.

Toshkentda ATTO kartalardan ortiqcha to‘lovlar yechilyaptimi?

So‘nggi kunlarda Toshkent shahrida ayrim yo‘lovchilar jamoat transportida foydalaniladigan ATTO kartalaridan uyda bo‘lgan paytida ham to‘lovlar yechib olingani haqida shikoyat bildirdilar. Ushbu holat yuzasidan “ATTO” kompaniyasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Kompaniya ma’lum qilishicha, texnik nosozlik 16–30 sentabr kunlari “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekatida o‘rnatilgan 1-sonli terminalda qayd etilgan. Shuning uchun ushbu davrda amalga oshirilgan ayrim yo‘l haqi to‘lovlari o‘z vaqtida kartalardan yechilmagan.

 

ATTO’ning bayonotida ta’kidlanishicha, hozirda kechikkan tranzaksiyalar avtomatik tarzda amalga oshirilmoqda. “Hech qanday ortiqcha yoki asossiz yechim bo‘lmaydi — faqat yo‘lovchilar tomonidan amalda bajarilgan haqiqiy sayohatlar uchun to‘lovlar undirilmoqda”, — deyiladi kompaniya izohida.

 

Kompaniya noqulayliklar uchun foydalanuvchilardan uzr so‘rab, tizimdagi muammo bartaraf etilganini ma’lum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика