1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda avtomobillar va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisa natijasida tan jarohat olganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Toshkentda avtomobillar va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

 

Toshkentning Chilonzor tumanida uchta avtomobil va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Poytaxt YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 14-avgust kuni soat 23:40 larda Muqimiy ko‘chasida yuz bergan.

 

2002-yilda tug‘ilgan O.T. boshqaruvidagi Cobalt, 1990-yilda tug‘ilgan Sh.Y. boshqaruvidagi Monza, 2005-yilda tug‘ilgan U.M. boshqaruvidagi skuter, 1999-yilda tug‘ilgan M.N. boshqaruvidagi Spark to‘qnashgan.

 

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика