Mirzo Ulug‘bek tumani “Yangi O‘zbekiston” shoh ko‘chasi bo‘ylab “CAEX" savdo ko‘rgazmalar uyidan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ining kirish qismigacha bo‘lgan hududda barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakovning tegishli farmoyishi eʼlon qilindi.
Maʼlum qilinishicha, Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasidagi Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yer osti tunneli qurilishi boshlanishi rejalashtirilgan.
“Mazkur yo‘l qismi joriy yilning 12 apreldan 1 sentyabrgacha yopiladi",- deyiladi xabarda.


