1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda chiqindi yig‘ish bo‘yicha maxsus shtab tashkil etildi

Uning tarkibiga Bosh prokuratura va boshqa hamkor tashkilotlar xodimlari jalb etilgan.

Toshkentda chiqindi yig‘ish bo‘yicha maxsus shtab tashkil etildi

Toshkent shahrining har bir tumanida kuzgi xazonrezgilik mavsumi davomida chiqindilarni o‘z vaqtida to‘plash va olib chiqib ketish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida maxsus shtab faoliyat boshladi. Bu haqida shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Shtabning asosiy vazifasi — shaharda qulay, ozoda va sog‘lom muhitni ta’minlashdir.

 

Shtab tarkibiga Toshkent shahar hokimligi, Bosh prokuratura, Ekologiya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa hamkor tashkilotlar xodimlari jalb etilgan.

 

“Agar siz yashaydigan hududda chiqindilar to‘planib qolgan bo‘lsa, Xalq nazorati portalining “Toza shahar” va “Toza hudud” bo‘limlarida murojaat qoldiring. Har bir murojaat yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика