1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda "Dunyo go‘zali 2025" tanlovi ishtirokchisi kiyimida davlat ramzlaridan foydalangani uchun jarimaga tortildi

Sud tanlovda namoyish etilgan libosni qonunchilikka zid deb topgan.

Toshkentda "Dunyo go‘zali 2025" tanlovi ishtirokchisi kiyimida davlat ramzlaridan foydalangani uchun jarimaga tortildi

 

 

Toshkent shahri Mirobod tumanida bo‘lib o‘tgan sud majlisida “Miss Earth 2025” (“Dunyo go‘zali”) xalqaro tanlovi ishtirokchisi bo‘lgan 21 yoshli Sh.M.ga nisbatan davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Natijada u 824 ming so‘m miqdorida jarima to‘lashga majbur bo‘ldi.

 

Sud materiallariga ko‘ra, Sh.M. 2025-yil 28-oktyabr kuni Filippinning Manila shahrida o‘tkazilgan tanlovda sahnaga davlat bayrog‘i ranglari va respublika gerbi tasviri tushirilgan obrazda chiqqan. Keyinchalik ushbu libosdagi suratlarini Instagram sahifasiga joylagan.

 

Sud majlisida ishtirokchi libosni yaratishda davlat ramzlaridan faqat ilhom olinganini, kiyimda bayroqning majburiy elementlari — yarim oy va o‘n ikki yulduz mavjud emasligini, faqat ranglar uyg‘unligidan foydalanilganini ta’kidladi. Shunga qaramay, da’vogar tomon davlat ramzlaridan kiyim elementi sifatida foydalanish qonun bilan taqiqlanganini qayd etdi.

 

Mirobod tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi Sh.M.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 203-1-moddasi 1-qismi asosida aybdor deb topdi. Sud qaroriga ko‘ra, u bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari — 824 ming so‘m jarima to‘laydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика