1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda harakatlanayotgan avtomobildan 2 yoshli bola yo‘lga tushib ketdi

Avtomobil ortidan kelayotgan BYD rusumli mashina haydovchisining hushyorligi tufayli YTHning oldi olingan.

Toshkentda harakatlanayotgan avtomobildan 2 yoshli bola yo‘lga tushib ketdi

 

 

Toshkent shahrida harakatlanib ketayotgan Tracker-2 rusumli avtomobildan 2 yoshli bola yo‘l qatnov qismiga tushib ketdi. Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, jamoatchilikda katta xavotir uyg‘otdi.

 

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 2026-yil 13-yanvar kuni soat 17:05 lar atrofida Mustaqillik shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2000-yilda tug‘ilgan haydovchi M.M. boshqaruvidagi avtomobilning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan, 2024-yilda tug‘ilgan farzandi mashinaning orqa chap eshigi ochilib ketgani sabab yo‘lga yiqilib tushgan.

 

Rasmiy izohda qayd etilishicha, holat haydovchining e’tiborsizligi oqibatida yuz bergan. Shunga qaramay, avtomobil ortidan kelayotgan BYD rusumli mashina haydovchisining hushyorligi tufayli bolaning bosib ketilishi oldi olingan va og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmagan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Yo‘l harakati xavfsizligi xodimining zudlik bilan bolaning oldiga yugurib borib, uni yo‘ldan olib chiqqani aks etgan. Ayni paytda bolaning sog‘lig‘i holati bo‘yicha rasmiy qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика