1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda intellektual transport tizimi bo‘yicha pilot loyiha yo‘lga qo‘yiladi

Yagona boshqaruv markazi tirbandliklarni oldindan aniqlab, svetoforlarni avtomatik boshqaradi.

Toshkentda intellektual transport tizimi bo‘yicha pilot loyiha yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent shahrida yo‘l harakatini boshqarishni zamonaviylashtirish va tirbandliklarning oldini olish maqsadida intellektual transport tizimi (ITS) joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 dekabr kuni mazkur yo‘nalishdagi taqdimot bilan tanishib, tizimning poytaxtdagi pilot bosqichini ishga tushirishni ma’qulladi.

 

Taklif etilgan loyiha doirasida shahar uchun yagona yo‘l harakatini boshqarish markazi tashkil etiladi. Markaz kamera, datchik va GPS qurilmalaridan olingan ma’lumotlarni yig‘ib, sun’iy intellekt yordamida tahlil qiladi. Bu tizim tirbandliklar statistikasi va prognozini shakllantirish, marshrutlarni optimallashtirish, shuningdek, svetofor fazalarini real vaqtda avtomatik o‘zgartirish imkonini beradi.

 

Ushbu yondashuv joriy etilgach, transport oqimining o‘rtacha harakat vaqti sezilarli darajada qisqarishi, favqulodda xizmatlarning yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan joyga tez yetib borishi, asosiy yo‘nalishlardagi tirbandliklar kamayishi kutilmoqda. Shuningdek, tizim shaxsiy harakatlanish vositalaridan foydalanishni rag‘batlantirish hamda elektr transporti infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

Prezident loyihaning poytaxtdagi pilot bosqichini joriy yilning o‘zida ishga tushirishni topshirdi. Keyingi bosqichlarda tizimni kengaytirish hamda 2030 yilga qadar uni barcha hududlar bilan integratsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика