1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Lacetti, skuter va Isuzu to‘qnashuvi oqibatida 19 yoshli haydovchi vafot etdi

Holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda Lacetti, skuter va Isuzu to‘qnashuvi oqibatida 19 yoshli haydovchi vafot etdi

2-avgust kuni Toshkent shahri Yangi Hayot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 19 yoshli skuter haydovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 19:10 atrofida KXAY ko‘chasining 58-uy qarshisida Lacetti rusumli yengil avtomobil, skuter va Isuzu yuk avtomobili to‘qnashuvi yuz bergan. Hodisa natijasida 2006-yilda tug‘ilgan M.S. ismli skuter haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика