Joriy yilning 24 dekabr kuni soat 20:10 atrofida Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqida IIBB YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1974 yilda tug‘ilgan B.A. LIXIANG rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda yo‘l chetidagi temir ustunga to‘qnashgan.
YTH natijasida haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


