1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda «moyka» uchun tashlab ketilgan Lacetti o‘g‘irlandi

20 yoshli yigit uni olib qochib, YTHga uchragan.

Toshkentda «moyka» uchun tashlab ketilgan Lacetti o‘g‘irlandi

 

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi avtomoshina yuvish shoxobchasidan o‘g‘irlab ketilgan Lasetti yo‘l-transport hodisasiga uchragan holda topildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, 35 yoshli A.A. 23 aprel kuni Sergeli–5 dahasi 2-metro bekati yonida joylashgan avtomashina yuvish shoxobchasi ishchisi — Iskandar ismli shaxsga Lasetti rusumli avtoulovini yuvish uchun kaliti bilan tashlab ketgan. Ertasi kuni u transport vositasini olib ketish uchun shoxobchaga kelgan vaqtida avtomashina hamda Iskandar ismli yigit bu yerda yo‘qligini ko‘rgan.

 

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida mazkur jinoyatni Andijon viloyatida yashovchi 20 yoshli U.I. sodir etgani maʼlum bo‘lgan. Jabrlanuvchiga tegishli avtomashina u tomonidan Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida davlat raqamlari yechilgan va yo‘l transport hodisasiga uchragan holda tashlab ketilganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan U.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda gumonlanuvchi U.I.ni qidirib topish ishlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика