1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi moy bazada yong‘in chiqdi

Voqea joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan.

Toshkentdagi moy bazada yong‘in chiqdi

 

 

Bugun, 17-sentabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi sexda yong‘in chiqdi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, soat  18:07 da Olmazor tumani “Qizg‘aldoq” ko‘chasida joylashgan moy ishlab chiqarish sexi hududida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga asosan, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:17 da voqea joyiga yuborilgan.

 

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:17 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:55 da o‘rab olingan va soat 18:58 da to‘liq o‘chirilgan. Uni bartaraf etishga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta ko‘pik hosil qiluvchi avtomobil, 2 ta avtonarvonlar jalb etilgan.

 

Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика