1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentning ayrim ko‘chalari 5 soatga yopildi

Shahar IIBB cheklov sababini ma’lum qildi.

Toshkentning ayrim ko‘chalari 5 soatga yopildi

 

Bugun, 1-sentabr kuni Toshkent shahrining 4 ta ko‘chasida avtomobillar harakati 5 soatga cheklanadi. Bu haqda shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu sababli poytaxtning «Yangi O‘zbekiston», «Maxtumquli», «Tabarruk» va «Cho‘lpon» ko‘chalarida soat 19.00 dan 24.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati to‘xtatiladi.

 

«Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика