1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Grenlandiya bo‘yicha rejalariga qarshi chiqqan mamlakatlarga bojlar bilan tahdid qildi

AQSH prezidenti Grenlandiyani milliy xavfsizlik uchun muhim hudud deb atadi.

Tramp Grenlandiya bo‘yicha rejalariga qarshi chiqqan mamlakatlarga bojlar bilan tahdid qildi

 

AQSH prezidenti Donald Tramp AQSHning Grenlandiya bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatlamaydigan davlatlarga nisbatan bojlar joriy etilishi mumkinligini maʼlum qildi. Ushbu bayonot Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbir chog‘ida yangradi.

 

CNN keltirgan iqtibosga ko‘ra, Tramp Grenlandiyani AQSH milliy xavfsizligi uchun muhim hudud deb atagan va qarshilik bildirgan mamlakatlarga tariflar qo‘llash huquqiga egaligini taʼkidlagan. Prezident bu jarayonda o‘zini “tariflar qiroli” sifatida tavsiflagan.

 

Telekanalning aniqlik kiritishicha, Tramp bu fikrlarni dori-darmon narxlarini pasaytirish bo‘yicha muzokaralarda tariflardan bosim vositasi sifatida qanday foydalanganini tushuntirar ekan bildirgan.

 

2025 yil yanvar oyida Oq uyga qaytganidan buyon Donald Tramp bir necha bor AQSH Grenlandiya ustidan nazoratni qo‘lga olishi lozimligini aytib kelmoqda. U hatto bu maqsadga erishishda kuch ishlatish ehtimolini ham istisno qilmagan.

 

Tramp Daniyani mintaqa xavfsizligini yetarli darajada taʼminlamayotganlikda ayblab, Grenlandiya yaqinida Rossiya va Xitoy kemalari ko‘payganini daʼvo qilgan. Biroq Yevropa diplomatlari va grenlandiyalik rasmiylar bu maʼlumotlarni asossiz deb rad etgan.

 

Shu bilan birga, Politico nashrining yozishicha, Yevropa Ittifoqi Grenlandiyaga nisbatan ehtimoliy bosim yoki kuch ishlatilishiga javoban choralar ishlab chiqmoqda. Variantlar orasida AQSH kompaniyalariga tarif va soliqlar joriy etish hamda investitsiyalarni cheklash masalalari bor.

 

Politico maʼlumotiga ko‘ra, Trampning bayonotlaridan so‘ng Fransiya, Germaniya, Shvetsiya va Norvegiya kabi olti davlat Grenlandiyaga qo‘shin yuborish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика