1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp HAMASga uch-to‘rt kun vaqt berdi

AQSh prezidenti agar HAMAS tinchlik rejasini rad etsa, Isroil barcha zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qildi.

Tramp HAMASga uch-to‘rt kun vaqt berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azodagi vaziyatni hal qilishga qaratilgan tinchlik tashabbusiga HAMAS tomonidan javob berilishi uchun bir necha kun qolgani haqida bayonot berdi. Bu haqda Isroilning Ynet nashri xabar bermoqda.

 

“Javob berish uchun sizlarda uch yoki to‘rt kun bor. Biz HAMASdan ijobiy javob kutmoqdamiz”, — dedi Tramp.

 

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, agar tashkilot taklifni rad etsa, Isroil o‘zini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishga majbur bo‘ladi. Shuningdek, u HAMAS bilan muzokara olib borish imkoniyatlari cheklanganini qayd etdi.

 

Eslatib o‘tamiz, 29-sentabr kuni Donald Tramp Oq uyda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida G‘azodagi vaziyatni hal etishga qaratilgan 21 banddan iborat tinchlik rejasi ishlab chiqilgan. Netanyaxu, shuningdek, Qatarning bosh vaziri Muhammad Abdul Rahmon Ol Soniy bilan telefon orqali suhbatlashib, Dohaga uyushtirilgan raketa zarbasi uchun uzr so‘radi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика