1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp: Qatarga qilingan hujum – Qo‘shma Shtatlarga tahdid hisoblanadi

AQSh prezidenti Qatarning xavfsizligini kafolatlovchi farmonni imzoladi.

Tramp: Qatarga qilingan hujum – Qo‘shma Shtatlarga tahdid hisoblanadi

The New York Times nashrining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Qatarga qaratilgan har qanday qurolli hujumni Qo‘shma Shtatlar tinchligi va milliy xavfsizligiga tahdid sifatida baholashni belgilovchi farmon chiqardi.

 

Mazkur hujjatga ko‘ra, Vashington Qatarning hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qilish maqsadida barcha zarur choralarni ko‘rishga tayyor. Bu choralar diplomatik, iqtisodiy hamda zarurat tug‘ilganda harbiy vositalarni ham o‘z ichiga oladi.

 

Farmon Isroilning 9-sentabr kuni Dohadagi obyektlarga uyushtirgan raketa zarbasidan ko‘p o‘tmay e’lon qilindi. Hujum oqibatida bir necha inson, jumladan, Qatarning xavfsizlik xizmati xodimi halok bo‘lgan edi.

 

Isroil zarbadan afsusdaligini bildirgan va AQSh vositachiligida Qatarning rasmiy doiralari bilan muzokaralar olib borgan.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, bunday darajadagi xavfsizlik kafolatlari ilgari hech bir arab davlati uchun qo‘llanmagan. Shu bois bu qaror mintaqa geosiyosiy muvozanatida muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика