AQSh prezidenti Donald Tramp Hindistonning Rossiyadan neft xarid qilayotganiga va uni ochiq bozorda qayta sotib, foyda olayotganiga tanqidiy munosabat bildirdi. Bu haqda u 4-avgust kuni Truth Social tarmog‘ida e’lon qilgan bayonotida ma’lum qilgan.
Trampning ta’kidlashicha, Hindiston Rossiyadan katta hajmda neft sotib olib, uni boshqa bozorlarda qayta sotish orqali tijoriy daromad ko‘rmoqda. U, shuningdek, Hindiston tomonining bu orqali Rossiyaning urush iqtisodiyotini bilvosita qo‘llab-quvvatlayotganini ham tanqid qildi.
“Ular uchun Ukrainadagi insoniy yo‘qotishlar ahamiyatli emas. Shuning uchun AQShga nisbatan bojxona tariflarini sezilarli darajada oshirish niyatidaman”, – deya bayon qilgan Tramp.
Mazkur bayonot Hindistonning tashqi savdo siyosatiga va geosiyosiy munosabatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi hozircha noma’lum.


