Yangi Zelandiyaning shimoliy qismida joylashgan Kaivaka shahrida 27 yoshli ayol chamadon ichiga solingan ikki yoshli qizchani avtobusda olib ketayotgan paytda qo‘lga olindi. Voqea yuzasidan politsiya tomonidan bolaga nisbatan zo‘ravonlik va qarovsizlik moddalari bo‘yicha ish ochildi.
BBC va boshqa manbalarga ko‘ra, avtobus haydovchisi yukxonadagi harakatni payqab, vaziyatdan shubhalanib chamadonni tekshirishga qaror qilgan. Ochilganida ichidan issiqdan aziyat chekkan kichkina qizcha topilgan.
Politsiya chaqiruviga yo‘lovchilardan biri chamadonni ochishni so‘ragani sabab bo‘lgan. Hozirda qizcha kasalxonaga yetkazilgan, u tan jarohatlari olmagan bo‘lsa-da, issiqdan qattiq charchagani ma’lum qilingan.
27 yoshli ayolning bolaning qarindoshi ekani hozircha tasdiqlanmagan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.


