1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda suvchechak bilan kasallanish 39 foizga oshdi

1-14-oktabr kunlari 14 nafar bola jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Qozog‘istonda suvchechak bilan kasallanish 39 foizga oshdi

Qozog‘istonning eng yirik shahri — Olmaotada bolalar orasida suvchechak bilan kasallanish holatlari sezilarli darajada ko‘paygani kuzatilmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning to‘qqiz oyi davomida ushbu virusli kasallikka chalinganlar soni o‘tgan yilga nisbatan qariyb 39 foizga oshgan. Shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Erjan Seralin ma’lum qilishicha, shu davr ichida 183 nafar bola stasionarga yotqizilgan, ulardan 40 foizida og‘ir asoratlar qayd etilgan.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, suvchechak havo orqali yuqadigan, terida qichishish va mayda pufakchalar paydo bo‘lishi bilan kechadigan virusli kasallik bo‘lib, asosan bolalarda uchraydi. Kasallik ba’zi hollarda nafas olish tizimi va asab faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

 

1–14-oktabr kunlari orasida 14 nafar bola og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ular orasida ikki tomonlama zotiljam, tutqanoq va nafas yetishmovchiligi bilan kelgan bemorlar ham bor.

 

Erjan Seralinning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab bolalar shifokorga kech murojaat qilmoqda: “Ko‘pincha ota-onalar kasallikning 8–10-kunida murojaat qilishadi. Shu vaqtga kelib kasallik allaqachon asorat beradi va davolash jarayoni murakkablashadi”, — deydi u.

 

Hozirda aniqlangan holatlarning 61,7 foizi maktabgacha yoshdagi va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida qayd etilgan. Mamlakatda suvchechakka qarshi emlash hali Milliy emlash taqvimiga kiritilmagan, shu sababli ko‘pchilikda immunitet kasallikni boshdan kechirish orqali shakllanadi.

 

Olmaota shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Marat Pashimov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda holat jiddiy muhokama qilindi. Sanitar-epidemiologiya nazorati boshqarmasi rahbar o‘rinbosari Asal Qoliqova ta’kidlaganidek, bolalar va o‘smirlar orasida emlash darajasini oshirish imkoniyati hali ham mavjud.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика