Air China aviakompaniyasiga tegishli Airbus A321 samolyotida quvvat banki yonib ketishi oqibatida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Oxu.Az nashri “Baza” Telegram-kanaliga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea Xanchjoudan Janubiy Koreya poytaxti Seulga parvoz chog‘ida, samolyot taxminan 10 kilometr balandlikda bo‘lgan paytda sodir bo‘lgan. Yong‘in yo‘lovchi o‘rindig‘i ustidagi bagaj bo‘limida boshlangan va qisqa fursatda salon bo‘ylab tarqalgan.
Ekipaj darhol favqulodda qo‘nishga qaror qilgan. Styuardessalar qo‘nishdan oldin yong‘inni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan. Samolyot Shanxay aeroportiga xavfsiz tarzda favqulodda qo‘ndirilgan.
Hodisa oqibatida jiddiy talafot yoki jarohat olganlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan. Yong‘in sabablari bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


